• Bosh sahifa

O'zbekiston Respublikasidagi tabiiy gaz sotish va sotib olish bo'yicha yagona operatori

Tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish

BIZNING MIJOZIMIZGA AYLANISH

Batafsil

"UzGasTrade" haqida

"UzGasTrade" AJ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyuldagi "Tabiiy gaz bozorini isloh qilishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-280-sonli qarori asosida tashkil etilgan

«UzGasTrade» AJ quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

— Tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qilish.

— “Hududgazta'minot” AJga va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste'molchilarga tabiiy gazni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida ko'zda tutilgan holatlardan tashqari to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar, shu jumladan, yagona eksport qiluvchi asosida sotish.

Yuridik manzili: 100147, Toshkent sh., Islom Karimov, 45A.

Biz raqamlarda

Bizning iste'molchilarimiz

361

Yoqilg'i quyish shoxobchalari / AGTKS

15

Issiqlik elektr stansiyalari

42

Iste'molchilar bilan boshqa shartnomalar

*2022-yil dekabr oyi uchun ma'lumotlar

Bizning vazifamiz mamlakat aholisini va tadbirkorlik sub'ektlarini samarali tarzda tabiiy gaz bilan ta'minlashdir

Gaz sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari huquqlarinini himoya qilish uchun ijtimoiy gaz iste'moli normalarini joriy etish

Biz haqimizda OAV

24 Jan 2023 "UzGasTrade" AJning 10 milliard so'mlik birlamchi aksiyalari ro`yhatga olindi

Toshkent, O'zbekiston (UzDaily.uz) - O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi Jamiyat aksiyalari chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazdi. Mazkur chiqaruvning barcha aksiyalar O'zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag`alliknu qisqartirish vazirligiga joylashtiriladi.

O'zbekiston Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-280-son qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-avgustdan boshlab "UzGasTrade" AJ tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchila...

12 Feb 2023 Tabiiy gazni markazlashgan tarzda xarid qilish va sotish uchun "UzGasTrade" AJ k...

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni «Tabiiy gaz bozorini isloh qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjatga asosan tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi "UzGasTrade" AJ aksiyadorlik jamiyati tashkil etilmoqda. Hozirda bu funksiyani «O‘ztransgaz» AJ kompaniyasi shug‘ullanmoqda, endi u gazni tashish, saqlash va&n...

«UzGasTrade» AJ
«UzGasTrade» AJ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyuldagi "Tabiiy gaz bozorini isloh qilishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-280-sonli qarori asosida tashkil etilgan

Yagona onlayn platformaga o'tish